Eski yozuvni yangi alifboga bir zumda oʻgiring
Matnni joylashtiring — oʻ, gʻ, sh va ch harflari avtomatik ravishda ö, ğ, ş va ç ga almashadi. Brauzer kengaytmasi esa buni yozish jarayonining oʻzida bajaradi.
- Harflar
- 4
- Apostrof turi
- 7
- Yuboriladi
- 0 bayt
Onlayn konverter
Butun matnni yangi alifboga oʻgiring
Istalgan hajmdagi matnni joylashtiring yoki .txt faylni tashlang. Hammasi brauzeringizda bajariladi — matn hech qayerga yuborilmaydi.
Qoidalar
Toʻrtta harf — toʻrtta qoida
Ikki belgili harflar bitta harf bilan almashtiriladi. Qolgan harflar oʻzgarmaydi.
Barcha apostroflar taniladi
macOS “aqlli qoʻshtirnoq”lari yoki Word’dan koʻchirilgan matn ham toʻgʻri oʻgiriladi.
Katta harflar saqlanadi
Sh, SH → Ş Oʻ → Ö
OʻZBEKISTON → ÖZBEKISTON
Tutuq belgisi (maʼno, sanʼat) oʻzgarishsiz qoladi.
Kirill yozuvi ham
шаҳар ўзбек чой ғалаба →
şahar özbek çoy ğalaba
Konverter kirillchadagi matnni ham toʻliq yangi lotin alifbosiga oʻgiradi.
Brauzer kengaytmasi
Yozish jarayonida — avtomatik
Harf variantlari menyusini kutish shart emas. Odatdagidek yozasiz — kengaytma sh ni ş ga, oʻ ni ö ga oʻzi almashtiradi.
Harflar yozish paytida almashadi.
Oʻrnatish
Kengaytmani qoʻlda oʻrnatish
Chrome Web Store’da chiqquncha kengaytma GitHub’dan yuklab olinadi va 1 daqiqada qoʻlda oʻrnatiladi. Chromium asosidagi barcha brauzerlarda ishlaydi.
-
1
GitHub’dan yuklab oling
Repozitoriya sahifasida Code → Download ZIP tugmasini bosing yoki toʻgʻridan-toʻgʻri ZIP arxivni yuklab oling.
Yoki terminal orqali:
git clone https://github.com/SAIDAKBAR123/uzbek_alphabet.git -
2
Arxivni oching
ZIP faylni papkaga chiqaring. Papka ichida
manifest.jsonfayli boʻlishi kerak.📁 uzbek_alphabet-main├─ 📁 icons├─ 📄 manifest.json ← shu papkani tanlaysiz├─ 📄 content.js└─ …⚠️ Papkani oʻchirmang va koʻchirmang — brauzer kengaytmani aynan shu joydan yuklaydi.
-
3
Kengaytmalar sahifasini oching
Yangi tab oching, manzil satriga quyidagini joylashtiring va Enter bosing:
🔒chrome://extensionsXavfsizlik sababli saytlar bu sahifani oʻzi ocha olmaydi — manzilni qoʻlda joylashtiring.
-
4
“Developer mode” ni yoqing
-
5
“Load unpacked” ni bosing
Rus tilidagi brauzerda — “Загрузить распакованное”. Ochilgan oynada 2-qadamdagi papkani (ichida
manifest.jsonturgan) tanlang. -
6
Panelga mahkamlang
Asboblar panelidagi 🧩 belgisini bosing va “Oʻzbek harflari” yonidagi 📌 ni bosing. Endi sozlamalar bir bosishda ochiladi. Oʻrnatishdan oldin ochilgan sahifalarni yangilang (F5).
-
✓
Ishlayotganini tekshiring
Quyidagi maydonda sayt hech narsani almashtirmaydi — bu ishni faqat kengaytma bajaradi. shahar deb yozing: şahar chiqsa, hammasi joyida.
Yozishni boshlang…
Muammo boʻlsa
“Manifest file is missing or unreadable” xatosi chiqdi⌄
uzbek_alphabet-main papkasi paydo boʻladi — ichida manifest.json turgan papkani tanlang.Harflar almashmayapti⌄
Inglizcha soʻzlar ham almashib ketyapti⌄
“Developer mode” kengaytmalarini oʻchirish haqida ogohlantirish chiqyapti⌄
Google Docs’da ishlamayapti⌄
Yangi versiyaga qanday yangilash mumkin?⌄
git pull), soʻng kengaytmalar sahifasida “Oʻzbek harflari” kartasidagi ↻ tugmasini bosing.Yangi alifboda yozishni hoziroq boshlang
Kengaytma bepul, ochiq kodli va hech qanday maʼlumot toʻplamaydi.